“Zarar miqdori juda katta, ammo uni tarixga yetkazilgan zarar bilan solishtirib bo'lmaydi”, dedi prokuror.
Uning qo'shimcha qilishicha, o'g'rilar “agar ular o'g'irlangan zargarlik buyumlarini eritib yuborishga qaror qilishsa”, shunga o'xshash summani olisholmaydi. U o'g'rilar zargarlik buyumlarini sababsiz yo'q qilmasligiga umid qilishini aytdi.
Prokurorning qo'shimcha qilishicha, o'g'rilikda bevosita to'rt kishi ishtirok etgan, biroq jinoyatga yordam bergan boshqa gumonlanuvchilar ham bo'lishi mumkin.
Luvrdagi o'g'rilik 19-oktabr kuni ish vaqtida sodir bo'lgan. Niqob kiygan jinoyatchilar imperator kolleksiyasidan to'qqizta buyumni, jumladan Napoleon va uning rafiqasi Jozefinaga tegishli taqinchoqlarni o'g'irlab ketishgan, deb xabar berdi meduza.io.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, bunday o'g'rilikni faqat kichik bir guruh jinoyatchilari amalga oshirgan bo'lishi mumkin va politsiya ularni qo'lga olishi mumkin bo'lsa-da, o'g'irlangan narsalarni qaytarib olishning iloji yo'q, deb yozdi Reuters.
Luvr muzeyi direktori Lorans De Kars o'g'rilikdan so'ng iste'foga chiqish haqida ariza berdi, biroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron uning iltimosini rad etdi, deya xabar bermoqda Le Figaro manbalarga tayanib.









