Sho'rva sepgan ikki ayol “sog'lom ovqatlanish huquqini” talab qilgan.
“Qaysi muhimroq? San'atmi yoki sog'lom va ekologik toza ovqatlanish huquqi? Qishloq xo'jaligimiz ayanchli ahvolda!” deb baqirgan ular.
Kartinaga shikast yetmagan, chunki u o'q o'tkazmaydigan oyna bilan qoplangan edi. Voqeadan so'ng Luvr xodimlari kartina oldidagi joyni qora panellar bilan o'rab qo'ydi, zalning o'zi esa tozalash uchun yopildi.
“Mona Liza” muntazam ravishda hujumlarga uchraydi. Ushbu holat 1956-yildan beri oltinchisi.
Hozir Fransiyada fermerlarning ommaviy noroziliklari bo'lib o'tmoqda, ular qishloq xo'jaligi texnikalari bilan magistral yo'llarni to'sib qo'ygan. Namoyishchilar yonilg'i narxining oshishi, Ukrainadan g'alla importi, shuningdek, qishloq xo'jaligidagi byurokratik tartiblarning murakkabligidan norozi, deb xabar beradi meduza.io.