Luvrdagi Oʻzbekiston koʻrgazmasini tomosha qilish uchun turnaqator navbat yuzaga keldi

    Madaniyat 24 Noyabr 2022 1099

    23-noyabrdan boshlab Parijdagi Luvr muzeyida “Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi ochildi.

    Koʻrgazma Yevropa jamoatchiligi orasida katta qiziqish uygʻotdi. Shu kunlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniy hayoti aks etgan eksponatlarni koʻrish uchun muzeyda katta navbat hosil boʻlgan.

    Qayd etish kerakki, kelgusi yilning mart oyiga qadar davom etadigan koʻrgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Bu esa Oʻzbekistonni butun dunyoga tanitishda katta hissa qoʻshadi.