Yil boshida 24 milliard soʻm ajratilgani natijasida bu yerlarning qiyofasi butunlay oʻzgarib, odamlar hordiq chiqaradigan maskanga aylandi.

Kelasi yil Sangzor daryosini tozalash, suv bilan toʻldirish, piyodalar oʻtish koʻprigi va amfiteatr qurish uchun yana 20 milliard soʻm berilishi belgilandi.

M-39 va A-376 xalqaro yoʻllarning 150 kilometri Jizzaxdan oʻtgani yoʻl boʻyi servisini rivojlantirish uchun katta imkoniyat ekani koʻrsatib oʻtildi. Magistral yoʻl boʻyida alohida yoʻlakdan kiriladigan, Yevropa standarti boʻyicha 2 tadan savdo-servis majmuasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, M-39 magistral yoʻlining Jizzax hududidan oʻtgan 98 kilometr qismida yoʻlovchi va haydovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash topshirildi.