4 kun davom etgan mazkur forum doirasida yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan:
- Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi;
- «Xush kayfiyat» respublika yosh askiya va qiziqchilar ko‘rik-tanlovi;
- «Yoshlik bahori» respublika yosh opera ijrochilari festivali;
- «Folk party» folklor jamoalari respublika festivali;
- «Yosh balet ijrochilari» respublika tanlovi;
- yosh teatr rejissyorlari va aktyorlarining seminar-treningi;
- yoshlar o‘rtasida samimiy do‘stona muhit yaratish, ularning muammolariga yechim topish hamda takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ochiq muloqot uchrashuvlari;
- «Yosh ommaviy bayramlar rejissyorlarining mahoratini oshirish va ularning faoliyatiga ko‘maklashish» mavzusidagi seminar-trening;
- forum yo‘nalishlari doirasida ko‘p yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari;
- taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar;
- «Yangi O‘zbekistonda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman;
- «Sumalak sayli»;
- yakuniy gala-kontsert va taqdirlash marosimi kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha poytaxtdagi «Turkiston» saroyida «Yoshlik bahori» iqtidorli ijodkor yoshlar forumining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov, taniqli madaniyat va sanʼat sohasi vakillari hamda forum ishtirokchilari qatnashdi.
Marosim avvalida taniqli sanʼatkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. So‘ng 1–4 aprel kunlari forum doirasidagi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar eʼlon qilinib, quyidagilar taqdirlandi:
Yosh ijrochilar o‘rtasida Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi sovrindorlari:
«Yosh balet ijrochilari» respublika tanlovi sovrindorlari:
«Tomoshabinlar eʼtirofi» nominatsiyasi g‘oliblari — Satbayev Shing‘is Rinat o‘g‘li va Ashrapova Safina Farxadovna.
«Yoshlik bahori» yosh opera ijrochilari festivali sovrindorlari:
«Xush kayfiyat» respublika yosh askiya va qiziqchilar tanlovi sovrindorlari:
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Filarmoniya yosh ijodkorlari» respublika ko‘rik-tanlovi:
«Folk party» folklor jamoalari respublika festivali:
Eslatib o‘tamiz, «Yoshlik bahori» iqtidorli ijodkor yoshlar forumi ilk marotaba tashkil etildi.