Uchrashuv jarayonida Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov sohada yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimi boʻyicha alohida toʻxtalib, masalani hal qilish yoʻnalishlarini koʻrsatdi.
Taʼkidlandiki, Qoraqalpogʻiston respublikasi va Xorazm viloyatiga arxeologik obyektlarning ahvoli oʻrganish uchun borilganda ulardan foydalanish jarayonida qonunbuzarlikka yoʻl qoʻyilganlik holatiga duch kelindi. Ayrim arxeologik obyektlar joylashgan yerlardan ekin maydoni sifatida foydalanish holatlari aniqlandi.
Madaniy meros agentligi mana shunday qonunbuzarlik holatini aniqlagani zahoti Respublika prokuraturasi organlariga murojaat etishi hamda zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
Poytaxtning XX asrning 60-70 yillarda oʻziga xos qiyofasi yaratilishida xizmat qilgan mayolikalar roʻyxatini tuzish, ularni asossiz ravishda didsizlik bilan boʻyashning oldini olish maqsadida jurnalist va blogerlar, jamoatchilik bilan uzviy aloqa bogʻlanishi zarur, - dedi Aziz Abduhakimov. “Toshkent shahrining Navoiy, Shota Rustaveli koʻchasidagi binolarni saqlash, ularning tarixiy qimmatini aniqlab roʻyxatini shakllantirish kerak” – deb taʼkidladi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov.
Yigʻilish yakunida yigʻilganlar oʻzlarining amaliy takliflarini bildirishdi.