Aynan shu holat inobatga olinib, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida “Madaniy merosimizni asrab-avaylashning bugungi kundagi dolzarb masalalari” mavzusida OAV vakillari hamda blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. 

   Matbuot anjumanida Madaniyat vaziri o'rinbosari – Madaniy meros departamenti boshlig'i Kamola Akilova hamda mutasaddilar internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan holatlar yuzasidan atroflicha munosabat bildirishdi.  SHuningdek, mutasaddilar  Madaniy meros departamenti tomonidan amalga oshirilishi ko'zda tutilgan vazifalar, jumladan, 2021-2025 yillarda Respublika madaniy meros ob'ektlarida ta'mirlash-tiklash va konservatsiya ishlarini olib borish uchun 234 ta yodgorliklar xususida ma'lumot berishdi. 

    Vazirlik faoliyatiga befarq bo'lmagan keng jamoatchilik vakillari matbuot anjumanida masofadan  ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Madaniyat vazirligi matbuot va axborot xizmati