Taʼkidlash joizki, “PATWA” har yili dunyodagi eng yirik sayohat yarmarkasi hisoblangan “ITB Berlin” (“Internationale Tourismus-Börse Berlin”) doirasida “PATWA International Travel Awards” tadbirini tashkil etadi. Tadbirda 7 mingdan ortiq jurnalist, eksponent va 180 mamlakatdan sayyohlik sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.
“PATWA International Travel Awards” mukofoti aviatsiya, mehmonxonalar, sayyohlik agentliklari va operatorlari, sayyohlik yoʻnalishlari, davlat idoralari, vazirliklar, xizmat koʻrsatuvchi provayderlar kabi turizmni rivojlantirishda ishtirok etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi.
Maʼlumot uchun, 7–9-mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtgan “ITB Berlin” turizm koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.