Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Bandlik va mehnat munosabatlari, Tashqi va ichki ishlar vazirliklari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mutaxassislar o'zbekistonlik mehnat muhojirlari yashaydigan barcha xorijiy mintaqalarda madaniy tadbirlarni o'tkazish bo'yicha takliflarni muhokama qildilar. Muammo shundaki, chet elda yashayotgan mehnat muhojirlarining madaniy dam olish borasidagi huquqlari borasidagi masalalar shu paytgacha yaxshi o'rganilmagan.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning so'zlariga ko'ra, hozirda uning boshchiligidagi vazirlikda bu borada maxsus dastur ishlab chiqilmoqda. Unda O'zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ko'magi bilan muhojirlar istiqomat qiladigan barcha joylarda madaniy tadbirlar o'tkaziladi.