Madaniyat xodimlarining yangi maoshlari eʼlon qilindi

    Madaniyat 24 Iyun 2020 3913

    Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi(ro'yxat raqami 3246, 18.06.2020 y.)

    eslatib o'tamiz, 2018 yil 1 iyundan davlat madaniyat muassasalari ma'muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, artist, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat haqi miqdorlari o'rtacha 45%ga oshirildi. O'sha paytda mehnatga haq to'lash guruhlarini inobatga olgan holda xodimlarning malaka toifalari va lavozimlari bo'yicha bazaviy lavozim maoshlari tasdiqlandi.

    2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 1,07 baravarga yoki 7%ga oshirildi. Tegishincha, quyidagilarning maoshlari xuddi shu tarzda indeksatsiya qilindi:

    • teatrlar va tsirklarning ma'muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlari;
    • teatrlar artist xodimlari;
    • kontsert tashkilotlari va saroylari (teatr-kontsert saroyi) ma'muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlar;
    • kontsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek tsirklardagi artist xodimlari;
    • hayvonot bog'i xodimlari;
    • davlat muzeylari, muzey-qo'riqxonalari, uy-muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlardagi ma'muriy-boshqaruv xodimlari, shuningdek ijodiy xodimlari va mutaxassislari;
    • madaniy-ma'rifiy muassasalarning ma'muriy boshqaruv, ijodiy va boshqa xodimlari xodimlari;
    • madaniyat markazlari xodimlari.

    Ayrim muassasalar va xodimlar toifasi kesimidagi oshiruvchi koeffitsientlar o'zgarishsiz qoldirildi. Ish beruvchilar-byudjet muassasalariga yangi raqamlarni hisobga olib o'z xodimlarining ish haqlarini qayta hisoblab to'lash topshirildi.

    Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

    Oleg Zamanov.