Madrasalarda qaysi fanlardan qabul imtihoni o'tkazilishi e'lon qilindi

    Ta'lim 13 Iyun 2020 158313

    O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida 2020-2021 o'quv yili bo'yicha qabul imtihonlari bo'lib o'tadigan fanlar ma'lum qilindi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

    O'rta maxsus islom ta'lim muassasalari bo'yicha:
    - 1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to'g'ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
    - 2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to'g'ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
    Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o'tkaziladi.

    Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasi bo'yicha:
    - “Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to'g'ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;
    - “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
    - “O'zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to'g'ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

    Hadis ilmi maktabi bo'yicha:
    - “Hadis va Mustalahul hadis” (ijodiy imtihon) 93 ball;
    - “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
    - “O'zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to'g'ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.