Hodisa 7-oktabr, seshanba kuni tushdan keyin sodir bo'lgan. Chorshanba kuni ertalab vayronalar ostidan bedarak yo'qolgan ikki kishining jasadi topildi, deya xabar bermoqda DW, Madrid favqulodda xizmatlariga tayanib.
Madrid favqulodda xizmatlari matbuot kotibi Beatris Martin jurnalistlarga “Ta'mirlanayotgan binoning bir nechta shift konstruksiyalari qulab tushdi”, dedi va hodisa sabablarini aniqlashga hali erta ekanligini aytdi.
Guvohlar va o'tkinchilar bino qulaganda kuchli portlash ovozini eshitgan va qalin tutunni ko'rganini aytishgan.
Seshanba kuni yarim tunda qutqaruvchilar yana ikkita jasadni topib olishdi. Kamida uch kishi jarohatlangan, ulardan biri oyog'i singan holda shifoxonaga yotqizilgan.
To'rt yulduzli mehmonxonaga aylantirilayotgan binoda 30-40 kishi ish bilan ta'minlangan. Halok bo'lganlar orasida Mali, Gvineya va Ekvadordan kelgan ishchilar bor, deb xabar berdi korrespondent.net.









