Bir kun avval Maduro Milliy assambleyaga 3-dekabr kuni bo'lib o'tgan referendum natijalariga ko'ra Venesuela tarkibida Gayana-Essekibo shtatini tashkil qilishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qilishni taklif qilgan edi. Davlat rahbari mazkur hudud aholisiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va Venesuela aholisiga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berish rejasini tasdiqladi. Shuningdek, u Gayana-Essekibo integral mudofaa zonasi tashkil etilishini e'lon qildi.
Avvalroq Gayana Prezidenti Irfaan Ali bunday harakatlar tajovuz ekanligini ta'kidlagan, u Venesuela hukumatini xalqaro huquq tamoyillarini buzishda ayblagan va BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilish niyatini bildirgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.