баннер
2 Apr 2025
01:44

    Magadandada erkak ayiq hamlasidan so'ng halok bo'ldi

    Ayiq Magadan viloyati (Rossiya Federatsiya) Srednekanskiy shahar okrugidagi Verxniy Seymchan qishlog'i yaqinida daryo bo'yida dam olayotgan odamga hujum qildi.

    Yirtqich hujumi oqibatida u olingan jarohatlar va ko'p miqdorda qon yo'qotish tufayli halok bo'ldi, dedi TASS agentligiga hudud tabiiy resurslar va ekologiya vazirligi vaziri o'rinbosari, davlat ovchilik nazorati boshqarmasi boshlig'i Yelena Slobodyanyuk.

    Boshqarma ma'lumotlariga ko'ra, erkakning jasadi 4-avgust kuni topildi. Hujum qilayotgan ayiq otib tashlandi. Mutaxassislarning qo'shimcha qilishicha, bu 2024-yilda ayiqning odamga hujumi bilan bog'liq birinchi holat.

    Davlat ovchilik nazorati mutaxassislari erkak bir guruh odamlar bilan daryo qirg'og'ida dam olayotganini aniqladi. Keyinchalik u uyga yolg'iz qaytgan, yo'lda ayiqqa duch kelgan va uning hujumiga qo'liqqan, deb xabar beradi tass.ru.



    Telegram kanalimiz
    Text to speech