Bu so‘nggi o‘n kun ichida sodir bo‘lgan uchinchi shunday hodisa. Agentlik bosh direktori Rafael Grossi reaktor shikastlangan taqdirda jiddiy radiatsiyaviy avariya yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi kazinform.
MAGATE ijtimoiy tarmoqlardagi X sahifasida Erondan hujum haqida axborot olganini ma’lum qildi.
Eron rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, ishlayotgan reaktor shikastlanmagan, radiatsiya oqishlari qayd etilmagan va zavod normal ishlamoqda.
MAGATE rahbari yadroviy avariya xavfining oldini olish uchun maksimal darajada ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.
Avvalroq, Eronning eng zaif yadroviy inshootlaridan biri — Natanzdagi yoqilg‘i boyitish zavodining "kirish binosi" "shikastlangani" ma’lum bo‘lgan edi.