Magistraturaga qabul natijalari eʼlon qilindi

    Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

    Bu haqda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.