Magistratura qabul natijalari eʼlon qilinmoqda

    Ta'lim 29 Avgust 2023 1991

    Tanlov natijalariga koʻra, 6 393 nafar talabgor oʻqishga tavsiya etildi.

    2023/2024-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.

    Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida boʻlmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida boʻlgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

    Tanlov natijalariga koʻra, 6 393 nafar talabgor oʻqishga tavsiya etildi. Shundan:

    davlat granti — 3 238 nafar;

    toʻlov-kontrakt — 3 155 nafar.

    Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

    Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

    Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.