Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi

    Taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

    Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikat talabi quyidagicha oʻzgartiriladi:

    – taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

    – soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha sertifikat talabi bir pogʻona – B1 darajasiga tushiriladi.

    Sertifikat talabi xorijiy tillar yoʻnalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yoʻnalishlarida B2 darajada saqlanadi.