Magistraturaga qabul boshlandi

    Ta'lim 7 Iyul 2025 2514

    Respublika davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

    Qayd etilishicha, 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

    Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.