Magistraturaga ham qoʻshimcha qabul eʼlon qilindi

    Ta'lim 27 Sentabr 2025 1845

    2025/2026-oʻquv yili uchun magistraturaga belgilangan kvota doirasida oʻqishga kirolmagan abituriyentlar uchun esa qoʻshimcha qabul imkoniyati yaratilmoqda.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, belgilangan kvota doirasida oʻqishga kira olmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul imkoniyati mavjud.

    Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-oʻqituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

    Qoʻshimcha qabul parametrlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, qoʻshimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur maʼlumotlarni olish uchun oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.

    Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qoʻshimcha qabul asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning toʻlov-kontrakt summasi bir talabaga toʻgʻri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.