Magistraturaga kirish imtihonlari 2020-yil 3-20-avgust kunlari oʻtkaziladi

    Ta'lim 23 Iyun 2020 4039

    Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tashabbbusi bilan:

    2020-yil 25-iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni hamda xorijiy tilni bilish darajasini aniqlaydigan testlar bazasi (toʻplami) shakllantiriladi.

    Istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 oʻquv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020-yil 3-20-avgust kunlari oʻtkaziladi.

    Eslatib oʻtamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

    Hujjatlar 2020-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.