Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. va boshqalar fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga magistratura bosqichiga oʻqishga kirishi uchun tanishlari yordamida 1 900 AQSH dollari evaziga “V 1” sertifikatini olib berishlarini vaʼda qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.