Uchrashuvda tomonlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Magnus Fusion 212 samolyotlarini Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama etishdi.
Magnus Aircraft Zrt. – kompozit materiallardan innovatsion samolyotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi Vengriyaning xalqaro kompaniyasi hisoblanadi.
Magnus kompaniyasining bosh qarorgohi Vengriyaning Pogani shahrida, Pech-Pogani xalqaro aeroporti (LHPP) yaqinida joylashgan boʻlib, qariyb 8000 kvadrat metr maydonni egallaydi.
Magnus guruhining vakillari AQSH, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya va Yaqin Sharq mamlakatlarida oʻz faoliyatini olib boradi.