баннер
2 Apr 2025
10:27

    “Mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va gʻayrat” sport oʻyinlari oʻtkaziladi

    Gʻolib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan taʼminlanadi.

    Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish boʻyicha 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy taʼlim tashkilotlarida ham yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

    “Vatan tayanchi” otryadlari oʻrtasida “maktab – tuman – viloyat – respublika” darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.

    Shu kabi har bir mahallada yoshlar oʻrtasida “mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va gʻayrat” sport oʻyinlari oʻtkaziladi. Gʻolib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan taʼminlanadi.

    “Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va gʻayrat” musobaqalari gʻoliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech