“Mahalla ettiligi”ning vazifalari belgilandi

    Hukumat 26 Sentabr 2023 4757

    Yig'ilishda “mahalla ettiligi”ning vazifalarini aniq belgilash lozimligi qayd etildi.

    Misol uchun:

    - mahalla raisi ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko'maklashish;

    - hokim yordamchisi ishsizlarga ish topishga ko'maklashish;

    - yoshlar etakchisi yoshlarni sport, musiqa va to'garaklarga jalb etish;

    - xotin-qizlar faoli ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

    - soliq xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o'zini o'zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o'tishga ko'maklashish;

    - ijtimoiy xodim yolg'iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko'rsatish kabi aniq vazifalar bilan shug'ullanishi lozim.