Reyestr davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻiniga oid yagona maʼlumot manbai hisoblanadi.
Reyestr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan shakllantiriladi.
Reyestr Uyushma tomonidan “Raqamli mahalla” axborot tizimida yuritiladi.
Reyestrda quyidagi maʼlumotlar shakllantiriladi, jumladan:
- mahallaning toʻliq va qisqacha nomi;
- mahalla kodi;
- soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
- Kengash qarori sanasi va raqami;
- mahalla joylashgan hudud;
- mahallaning hududiy chegarasi geomaʼlumotlari.
Maʼlumotlar Reyestrdan mahalla kodi yoki mahalla STIRidan foydalanish orqali olinadi.