Jumladan, kuni kecha Olmazor tumani Chimboy mahallasida ham koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Mazkur mahalladagi obodonlashtirish ishlariga jami 15 ta texnika vositalari hamda qariyb 200 ga yaqin ishchi xodimlar jalb etildi.

“Abror Xidoyatov» koʻchasidagi 4 ta turarjoy binolarining atroflari obod qilinib, noqonuniy oʻrama va qurilmalar buzildi. Mahalla koʻchalari chiqindilardan tozalanib, chiroyli holatga keltirildi. Hududdagi notekis yoʻllar tekislandi va koʻp qavatli uylar yoʻlaklari boʻyalmoqda.

Ushbu mahallada boʻlib oʻtayotgan obodonlashtirish ishlarini nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining bosh vaziri A. Oripov, DSQ Departamenti direktori O. Joʻrayev, DSB boshligʻi N. Tursunov hamda tuman hokimi A. Mullajonovlar ish jarayoni kechayotgan hududga tashrif buyurishdi.

Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarning hayotdan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratish maqsadida mahallalarda bu kabi obodlik ishlarini takomillashtirish va ehtiyojmand oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.