Mazkur holat yuzasidan Koʻkdala tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilininishicha, shu yilning 15-mart kuni Koʻkdala tumandagi “Zum” mahallasi raisi oʻzining yaqin qarindoshi boʻlgan O.B.ning xonadonida boʻlib turgan vaqtida, oʻrtada kelib chiqqan oʻzaro kelishmovchilik tufayli jabrlanuvchi O.B.ga qoʻl koʻtargan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda gumondor shaxsga nisbatan IIO tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv hamda ekspertiza xulosasiga koʻra ushbu holat haqida yana qoʻshimcha maʼlumot beriladi.