Gurlan tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinidan biriga raislik qilib kelayotgan, 1962-yilda tugʻilgan, N.A. ikki yoshga toʻlmagan farzandi uchun nafaqa tayinlanishida yordam soʻrab murojaat qilgan fuqaroga otalarcha gʻamhoʻrlik qilish oʻrniga, aksincha 400.000 soʻm miqdorda pora talab qilgan.

Mazkur fuqaroning ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, talab qilingan pulning bir qismini, yaʼni 350.000 soʻm pulni pora tariqasida olayotgan mahalla fuqarolar yigʻini raisining qilmishi fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati