Mahalla raislari ham oʻqitiladi

    Endi ular joylarda tashkil etiladigan seminarlarda mahalla raislariga oʻquvlar tashkil etishadi.

    27-29-iyun kunlari Davlat boshqaruvi akademiyasida mahalla raislarini oʻqitish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalaridan jalb etilgan trener-moderatorlarni tayyorlashga qaratilgan oʻquv-seminari oʻtkazildi.

    Unda jami 182 nafar vazirlik va idoralar hamda oliygohlar professor-oʻqituvchilari, hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirok etdi. Endi ular joylarda tashkil etiladigan seminarlarda mahalla raislariga oʻquvlar tashkil etishadi, deb yozyapti Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi mutbuot xizmati.