Mahalla raislari saylovi natijalari: har bir nomzod oʻz dasturi bilan qatnashdi

    Saylov 9 Iyun 2022 1357

    Joriy yilning 9-iyun kuni Mahalla va nuroniylarni qoʻllab- quvvat vazirligi tomonidan Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda “Mahalla — islohotlar markazi yoki aholini rozi qilish, xududlarni rivojlantirishda mahalla raisining oʻrni” mavzusida anjuman tashkil etildi.

    Anjumanda yaqinda boʻlib oʻtgan mahalla raislari saylovi natijalari bilan bogʻliq masalalar batafsil muhokama qilindi.

    Taʼkidlanishicha, avvalgi saylovlardan farqi oʻlaroq bu yilgi saylovda har bir nomzodning oʻz dasturi bilan ishtirok etdi. Nomzodlar oʻz dasturi boʻyicha jamoatchilik oldida chiqish qildi va mahallani rivojlantirishda yuqori natija bermaydi deb hisoblangan dastur nomzodlari rad etildi.

    Boʻlib oʻtgan saylovda 9 349 ta mahalla raislari saylandi.

    Raislarning – 67,1 foizi birinchi marotaba saylandi, 32,9 foizini amaldagi raislar tashkil etdi. 2019-yilgi saylovlarda 44,1 foizini amaldagi raislar tashkil etgan.

    Saylangan raislarning 8832 nafari - 94,5 foizi oliy, 509 nafari - 5,4 foizi oʻrta-maxsus, 8 nafari - 0,1 foizi oʻrta maʼlumotga ega.
    2019-yilgi saylovlarda 57,6 foiz oliy maʼlumotli, 39,8 foiz oʻrta maxsus, 2,6 foiz oʻrta maʼlumotli raislar saylangan.

    Mutaxassisligi boʻyicha 33,2 foizi oʻqituvchi, 14,2 foizi iqtisodchi, 15,6 foizi muhandis, 6,1 foizi agronom, 4,6 foizi huquqshunos, 0,8 foizi shifokor, 25,5 foizi boshqa soha vakillari.

    Raislarning 20,8 foizi 40 yoshgacha, 30,5 foizi 40-50 yoshda, 37,7 foizi 50-60 yoshda, 11 foizi 60 yoshdan yuqori.

    Raislarning qariyb 21 foizini 40 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etgani quvonarli hol, albatta. Bu koʻrsatkich Andijonda 236, Samarqandda 219, Surxondaryoda 204 nafarni tashkil etdi.

    2019-yilgi saylovlarda 8,9 foiz ayol raislar saylangan boʻlsa, joriy yilgi saylovlarda 11,8 foiz - 1 104 nafar ayollar mahalla raisi boʻldi. Bu koʻrsatkich, Toshkent viloyatida 133, Toshkent shahrida 130, Andijonda 123, Namanganda 113, Fargʻonada 105 nafarni tashkil etadi.

    Anjuman soʻngida OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan javob oldi.