Davlat xizmatlari markazlarida, mahalla va maktablarda masofadan turib xizmatlardan foydalanish bo'yicha seminar, mahorat darslari va davra suhbatlari o'tkazilmoqda.
O'rta CHirchiq tumani Davlat xizmatlari markazida o'tkazilgan seminarda tumandagi 20 ga yaqin mahalla fuqarolar yig'ini raislari va umumta'lim maktablarining yoshlar etakchilari ishtirok etdi.
Tadbirda markaz xodimlari aholining davlat xizmatlaridan mahallasi yoki uyidan chiqmagan holda foydalanish, ularda onlayn xizmatga malaka va ko'nikma shakllantirish borasida tushuncha, ma'lumotlar berdi.
— Bunday amaliy seminarlarni tumanimizdagi 60 dan ortiq mahalla fuqarolar yig'ini raislari hamda umumta'lim maktablari bilan hamkorlikda muntazam o'tkazishni rejalashtirganmiz, — deydi O'rta CHirchiq tumani Davlat xizmatlari markazi direktori Sevara Hoshimova. — Bundan ko'zlangan asosiy maqsad — nafaqat mahallalar, balki umumta'lim maktablarida ham maxsus xizmat ko'rsatish burchaklari tashkil etish orqali yoshlarmizga davlat xizmatlari va ulardan foydalanish to'g'risida tushuncha va ma'lumotlar berishdan iborat
Davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish juda qulay va oson ekanligi mutaxassislarimiz tomonidan tushuntirilmoqda. Sababi, markazga qancha odam ko'p kelsa u erda ham navbat, ham xarajat ko'payadi, vaqt ketadi. Biz fuqarolarimizni markazga kamroq kelib, ko'proq elektron xizmat olishlari tarafdorimiz.
— Bugun olayotgan bilim va ko'nikmalarimiz davlat xizmatlaridan elektron foydalanishda juda asqotadi, — deydi O'rta CHirchiq tumani “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig'ini raisi Nortoji Rahimova. — Biz ham mahallalarda qabulimizga kelgan aholiga davlat xizmatlarini uyidan turib olishlariga ko'mak beramiz. Odamlarimizning vaqti turli idoralar eshigi oldida bekor o'tmasligi kerak.
Mahalla oqsoqollari, faollari va yoshlar ishtirokida ekskursiya tarzidagi tashkil etilgan uchrashuvda markaz direktori taqdimot o'tkazib, yaqinda foydalanishga topshirilgan markaz faoliyati, aholiga yaratilgan qulayliklar, davlat xizmatlaridan foydalanish borasida batafsil tushuncha berdi.
Axborot kommunikatsiyalari rivojlanib borayotgan bugungi kunda nafaqat yoshlar, balki katta avlod vakillari uchun ham davlat xizmatlaridan foydalanishni yanada osonlashtirish, ortiqcha harakat va xarajatlarning oldini olish masalalariga e'tibor qaratilayotganligi aytib o'tildi.
Amaliy seminarda ishtirokchilar davlat xizmatlariga oid o'z fikr-mulohaza va takliflarini bildirishdi. Taklif etilayotgan xizmat turlari va sifati, qaysi amaliyotni engillashtirish yoki bekor qilish haqidgi iste'molchi fikri tizimni rivojlantirishga xizmat qiladi.
erkin Doripov,
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati boshlig'i