Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 22 Mart 2023 5592

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish orqali fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu tamoyil asosida mahallaning o‘rni va nufuzini yuksaltirish, yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi katta xizmatlari, xalqimiz orasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik an’analarimizni asrab-avaylash, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

    Niyetullayev Tengelatdin Seydullayevich - Bo‘zatov tumanidagi «Erkindaryo» ovul fuqarolar yig‘inining keksalar maslahat guruhi faoli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Saidova Dilbar - Sharof Rashidov tumanidagi «Jizzaxlik» mahalla fuqarolar yig‘inining jamoatchilik kengashi faoli, Jizzax viloyati

    Saydullayev Saydislom Xabibullayevich - Bo‘ka tumanidagi «Yoqutxon-Said» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

    Sayfullayev Talip Vaxabovich - Yakkasaroy tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi, Toshkent shahri

    Shaymuratov Ibodulla Aqanovich - Bandixon tumanidagi «Qaldirg‘och» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati

    Shomurotov Tavakal Ergashevich - Marhamat tumanidagi «Boboxuroson» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    Abdullayev Anvarxon Axmadxonovich - Kosonsoy tumanidagi «Ahmadxon hoji Kosoniy» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati

    Ashirova Oysara Toirovna - Karmana tumanidagi «Do‘rman» mahalla fuqarolar yig‘inining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kengashi faoli, Navoiy viloyati

    Begmuratov Jumabay Nurgeldiyevich - To‘rtko‘l tumanidagi «Oqqamish» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Bo‘ltakov Saydalim - Zafarobod tumanidagi «Lolazor» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati

    Jalilov Shuxrat Umirzakovich - Sardoba tumanidagi «Qo‘rg‘ontepa» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati

    Isroilova Maxfuzaxon Numanovna - Xo‘jaobod tumanidagi «Sanoatchilar» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati

    Narziyeva Gulnora Abdullayevna - Qorovulbozor tumanidagi «Bo‘zachi» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati

    Odirov Nurillo Ziyadullayevich - Koson tumanidagi «Esaboy» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati

    Ramazanova Durdona Axmedovna - Yangibozor tumani ayollar maslahat kengashi raisi, «Oqila ayollar» harakati faoli, Xorazm viloyati

    Ruziyeva Tatyana Viktorovna - Termiz shahridagi «Temur Termiz servis» professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Surxondaryo viloyati

    Sayfullayev Shuhrat Hoshimovich - Qo‘shrabot tumanidagi «Sohibkor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati

    Yulbarsov Akramjon Astanakulovich - Farg‘ona viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Almatova Uktam Abdullayevna - Sergeli tumanidagi «Birdamlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

    Ziyayeva Zuxra Djabar qizi - Dang‘ara tumanidagi «Arziktepa» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Farg‘ona viloyati

    II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

    Boboqulova Xolbeka Normuradovna - Chiroqchi tumanidagi «O‘zbekiston» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Qashqadaryo viloyati

    Sherimbetova Altinkul Serikbayevna - Tomdi tumanidagi «Qulimbet» oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati

    «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

    Zaxidov Elyorbek Toxtasinovich - Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limining jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika katta inspektori, Andijon viloyati

    Xudayberdiyev Jaxongir Abdullayevich - Quyi Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limining 1-ichki ishlar bo‘linmasi profilaktika katta inspektori, Toshkent viloyati

    «Jasorat» medali bilan

    Xakimov Azimjon Mamirdjonovich - Farg‘ona tumani «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inidagi poyabzal ta’mirlash ustasi, Farg‘ona viloyati

    Yusupov Ulugbek Dolmurotovich - Pastdarg‘om tumani «Zangiboyi» mahalla fuqarolar yig‘inidagi elektr payvandlovchi, Samarqand viloyati

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Allamuratova Sharafat Sharipovna - Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Qoraburo» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Surxondaryo viloyati

    Kulmirzayeva Melixol Uzakovna - Qarshi tumanidagi «Tallikuron» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Qashqadaryo viloyati

    Yunusova Raxima Lutpitdinovna - Namangan shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak rahbari, Namangan viloyati

    «Kelajak bunyodkori» medali bilan

    Abdurasulov Jo‘rabek Erkinovich - Olot tumani «Xalqobod» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Buxoro viloyati

    Qurbonov Ziyodulla Botirovich - Jomboy tumani «Katta qishloq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Samarqand viloyati

    «Shuhrat» medali bilan

    Abdimannopov Abdulxafiz Abduxoshimovich - Andijon tumani «Saddatagi» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Andijon viloyati

    Ataullayev Odiljon Kasimovich - Nurafshon shahri «Chig‘iriq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati

    Jo‘raboyev Xurshid Abduvaliyevich - Nurobod tumani «Jom» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Samarqand viloyati

    Imamov Sanjarali Tolkinovich - Chilonzor tumanidagi «Lazzatli taom ziravorlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

    Norboyev O‘tkurbek Sohataliyevich - Pop tumanidagi «Sohibkor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Namangan viloyati

    Raximov Jamshid Orifjonovich - Mingbuloq tumani «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Namangan viloyati

    Raximova Nigara Atabekovna - Ellikqal’a tumani «Qirqqizobod» mahalla fuqarolar yig‘inidagi kasb-hunarga o‘qitish markazi ishlab chiqarish ta’limi ustasi, tikuvchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Xolmatov Ibroximjon Uktamovich - Uchko‘prik tumanidagi «Katta Qashqar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati

    Xudayberganova Radxo Allaberganovna - Urganch tumani «Turkmanlar» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati

    Hamrayev Homidjon Bozorovich - Xovos tumanidagi «Xovosobod» mahalla fuqarolar yig‘inining jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev