Ta'kidlash joizki, viloyatda joriy yilning o'tgan davrida davlat xususiy sherikchilik asosida 52 ta mahalla fuqarolar yig'ini uchun yangi bino qurilib, ishga tushirildi. Zamonaviy usulda qad rostlagan binolar “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag'i hisobidan mebel va kompyuter jihozlari bilan ta'minlanib, samarali faoliyat yuritish uchun barcha sharoit yaratildi.
Termiz shahridagi “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig'inining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Unda “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Dilshodbek Usmonov ishtirok etdi.
Shu kuni Termiz shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda viloyatdagi mahalla fuqarolar yig'inlarining mavjud muammolari tinglanib, atroflicha tahlil qilindi. Birgalikda ularni bartaraf etish yo'llari izlandi. 16 ta o'zini o'zi boshqarish organiga zamonaviy kompyuter, 13 ta mahalla fuqarolar yig'iniga mebel` jihozlarining sertifikati topshirildi. Sayyor qabulda viloyatda istiqomat qiladigan 30 ga yaqin fuqaro ijtimoiy ahvolini yaxshilash, moddiy ko'mak berish kabi masalalarda murojaat etdi. Ularning yashash sharoiti joyida o'rganilib, 10 nafariga 1 million so'mdan naqd pul berildi. Termiz shahrida o'zini o'zi ish bilan band qilish istagini bildirgan nogironligi bo'lgan ikki nafar murojaatchining xonadoniga borib, yashash sharoiti ko'zdan kechirilgach, ularga zamonaviy tikuv mashinasi, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan o'g'il-qizlar bilan suhbatlashildi. Yashash sharoitlari o'rganildi. Muassasaga zamonaviy maishiy texnika vositalari tuhfa qilindi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Surxondaryo viloyat bo'lim boshqaruvi