“Iftixor” mahalla fuqarolar yig'ini binosining ochilish marosimida “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining o'rinbosari Soqijon Karimov ishtirok etdi.
Shu kuni “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan mahalla fuqarolar yig'inida “Temir daftar” da ro'yxatga olingan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar — Abbos Quziyev, Venera O'rinova, Marhabo Ergasheva, Nargiza Soyibnazarovaning har biriga 1 mln. so'mdan moddiy yordam ko'rsatildi.
Rasuljon Kamolov,
“YAngi O'zbekiston” muxbiri.