Ehtiyojmand va kam taʼminlangan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va nogironligi boʻlgan fuqarolarga katta eʼtibor qaratish hamda jamiyatimizda mehr-oqibat, oʻzaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadini Toshkent shahar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan yangi tashabbus yoʻlga qoʻyildi.
Poytaxtimizning koʻpgina mahallalarida “Mahalladoshga koʻmak” loyihasi amalga oshirilib, saxovatpesha insonlar tomonidan oziq-ovqatlar va kiyim-kechaklar keltirilmoqda.
Ehtiyojmand oilalar esa oʻz talablariga koʻra, mahsulotlarni olib ketishlari mumkin. Bu har bir xonadongacha kirib bora olmagan mahalla faollarining ishlarini ham ancha yengillashtiradi.
Insoniylik, yaqinlariga mehr-oqibatli boʻlish, mahalladoshlari koriga yarash kabi fazilatlarni oʻziga mujassam etadigan bu tashabbusni mahallalar ahli qoʻllab-quvvatlamoqda.