баннер
31 Mar 2025
03:18

    Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi

    Yil yakuni bilan eng faol oilalarga trenajerlar beriladi, eng yaxshi mahallalarda sport maydonchalari qurilib, jihozlanadi.

    Yigʻilishda ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish masalalari muhokama qilindi.

    Oʻtgan yili ommaviy sport musobaqalarida yoshlar qamrovi 10 millionga yetdi. Lekin yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilishga barcha tumanlarda birdek eʼtibor qaratilmayapti.

    Misol uchun, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning oʻtgan yilgi mavsumida tuman bosqichida gʻolib boʻlgan 150 ming yoshlarning atigi 15 foizi sport maktablariga tanlab olingan.

    Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari oʻtkazib boriladi. Ularga nogironligi boʻlgan shaxslar keng jalb etiladi.

    Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.

    Yil yakuni bilan eng faol oilalarga trenajerlar beriladi, eng yaxshi mahallalarda sport maydonchalari qurilib, jihozlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech