Masalan,  xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida (4 mln 932 ming soʻm),  xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada - 6,5 baravari miqdorida (5 mln 343 ming soʻm),  xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada - 7 baravari miqdorida (5 mln 754 ming soʻm) boʻladi.

Hokim yordamchilariga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda yetishmagan qismi Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.