“Mintaqaviy aviatashuvlarni va ichki turizmni yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (302-son, 07.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
- — aviachiptalar narxlari hamda subsidiyalanadigan aviaqatnov yoʻnalishlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha maxsus komissiya tarkibi qayta tasdiqlandi;
- — mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlarga “Uzbekistan Airways” AJ uchun belgilangan maxsus tariflar va subsidiya miqdorlari barcha rezident aviakompaniyalarga tatbiq etishga rozilik berildi.
Shu munosabat bilan barcha rezident aviakompaniyalar Maxsus komissiya tomonidan belgilangan mahalliy yoʻnalishlar va tariflar doirasida aviachipta sotishni yoʻlga qoʻyish hamda har oy yakuni boʻyicha Transport vazirligining 2021-yil 14-oktyabrdagi 188-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan jadval shaklida Transport vazirligiga subsidiyalash uchun arizalar kiritishi mumkinligini maʼlum qilamiz.
Maʼlumot uchun: Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalash 2021-yil 1-iyundan boshlab yoʻlga qoʻyilgan va 2026-yil 1-yanvargacha davom etadi.