Mahalliy bazalt mahsulotlari ham ichki ehtiyojni, ham tashqi talabni toʻliq qoplashga yetarli

    Yigʻilishda iqtisodiyot tarmoqlarida oʻzimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan foydalanishni kengaytirish muhim ekani qayd etildi.

    Masalan, oʻzimizda chiqadigan bazalt mahsulotlari ham ichki ehtiyojni, ham tashqi talabni toʻliq qoplashga yetarli.

    Mahalliy bazalt mahsulotlarini xalqaro sertifikatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashish, qurilish, irrigatsiya va kommunal xoʻjaligidagi qurilish normalarida bazalt mahsulotidan foydalanishni koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.

    Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlardan olim va mutaxassislarni olib kelib, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga koʻrsatma berildi.