Konsepsiyaga koʻra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi.
- Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish;
- aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi –viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish
- Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash;
- Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish
- Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
- Mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
- Mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish.