Mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi

    Hukumat 23 Mart 2023 1275

    Yigʻilishda bugungi kunda klaster, fermer va dehqonlarning 11 mingga yaqin texnika va agregatlarga talabi mavjudligi qayd etildi.

    Shu bois, 1-apreldan:

    - mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15 foiz subsidiya beriladi (hozir faqat Chirchiq klasterida ishlab chiqarilgan texnikalarga tatbiq etiladi);

    - import qilingan texnikalar uch yil muddatga bojxona boji va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi, ular boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini kechiktirib (9 oy davomida) toʻlashga ruxsat beriladi (ushbu imtiyozlar hozir faqat paxtachilik va chorvachilik texnikalarida bor);

    - texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi.