Ana shunday o'quvlardan biri Xorazmda bo'lib o'tdi. Seminar davomida Xalq deputatlari kengashlari faoliyatini takomillashtirish, ularni haqiqiy nazorat organiga aylantirish borasida huquqiy asoslar yaratilishi haqida so'z bordi. SHu bilan birga, mahalliy kengashlar faoliyatida uchrayotgan kamchiliklar tahlil etildi, aholi muammolarini hal etish borasida deputatlarning roli sezilarli darajada ortganini alohida e'tirof etdilar.
Xuddi shu tartibda xalq deputatlari viloyat kengashlari tumanlarda, tuman kengashi deputatlari esa mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy ravishda nazorat olib borishlari maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Munozaralarga boy o'tgan seminarda kelgusida o'zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan ish rejalar belgilab olindi.