Mahalliy kengashlar faoliyatida yangi davr boshlandi

    Mamlakatimizda boʻlib oʻtgan saylovlar mahalliy kengashlar faoliyatida ham yangi davrni boshlab berayotgani taʼkidlandi.

    Yangi saylangan mahalliy kengashlar tarkibi va maqomiga koʻra oldingi holatdan mutlaqo farq qiladi. Ularning tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 3 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ilk bor deputat boʻlgani ham shundan dalolat beradi.

    Ayniqsa, kengashlarda ayol deputatlar ulushi 32 foizga yetgani, 30 yoshgacha boʻlgan deputatlar soni 3,5 karra oshgani Senat faoliyatini endilikda yangicha yondashuv va qarashlar asosida tashkil etishda muhim rol oʻynaydi.

    Turli mintaqalardagi qonli toʻqnashuvlar, ekologik va texnogen fojialar, iqlim oʻzgarishlari, iqtisodiy inqirozlar, terrorizm va ekstremizm tahdidlari, qochoqlar muammolari tobora kuchayib bormoqda.

    Mana shunday tahlikali vaziyatda faqat kuchli iroda, birlik va hamjihatlik, qattiq mehnat bilangina yurtimizda tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga erisha olishimiz taʼkidlandi.

    Mahalliy kengashlarga saylangan deputatlar ana shu oʻtkir haqiqatni, oʻz zimmalaridagi ulkan masʼuliyatni chuqur anglab ish olib borishiga ishonch bildirildi.