Mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi

    Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yoʻnalish sifatida qaralishi lozimligi taʼkidlandi.

    Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan birga muhokama qilish va yalpi majlisda loyiha boʻyicha yoshlar vakillarining fikrini ham eshitish maqsadga muvofiq ekani koʻrsatib oʻtildi.

    Shuningdek, mahalliy kengash sessiyalarida yoshlar masalalari boʻyicha masʼul organlar rahbarlarining axborotini eshitish, barcha mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.

    Mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi yoʻlga qoʻyilganidan keyin yoshlar siyosati tubdan oʻzgarib, mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilgani eʼtirof qilindi.

    Lavozimga kirishayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida ularni tizimli ravishda oʻqitishni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.