Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarda ichimlik suvi va oqova tarmoqlari ta’minotiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu masala tez rivojlanayotgan Toshkent viloyati shaharalari uchun ham dolzarb.
Xususan, “Toshkent viloyati ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining 3-bosqichi doirasida Chirchiq, Olmaliq, Angren va Bekoboddagi inshootlar rekonstruksiya qilinmoqda.
“Mesal Water Technologies” korxonasida shu kabi suv tozalash inshootlari uchun o‘ttizdan ortiq maxsus qurilma va uskunalar ishlab chiqarilmoqda.
Loyihaga 1,7 million dollar mablag‘ yo‘naltirilib, Xitoy, Germaniya va Turkiyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan. Korxona xalqaro sertifikatlarga ega. 50 kishi ish bilan ta’minlangan.
Bunday korxonalar faoliyatining kengayishi aholi farovonligi va salomatligiga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.