Mahalliy mahsulotlarni Kaspiy dengizigacha tashish harajati qoplab beriladi

    Mamlakatimizda 20 Dekabr 2021 1353

    Qahramon Sariyev yil yakunlari va 2022-yilgi rejalar toʻgʻrisida murojaatnomasida mahalliy eksportchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Kaspiy dengizigacha tashish bilan bogʻliq transport xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibi joriy etilayotganini taʼkidlagan.

    Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlariga oʻz mahsulotlarini respublikaning boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bogʻliq temir yoʻl transportida tashish xarajatining 50 foiz qismini qoplab berishini maʼlum qilgan.

    «Ushbu yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar natijasida tadbirkorlarimiz yanada rivojlanishiga katta turtki boʻladi. Ayniqsa, eksportyor korxonalarga transport xarajatining qoplab berilishi kelgusi yilda eksport xajmining yanada kengayishiga zamin yaratadi.

    Xususan, 2022-yilda eksport xajmi 155 million dollarga yetkazilib, 2021-yilga nisbatan 120 foizga oʻsishi kutilmoqda. Shuningdek, eksportyor korxonalar soni 43 taga, eksport geografiyasi 5 ta davlatga koʻpayishiga erishiladi», — dedi Qahramon Sariyev.