20-yanvardan boshlab elektropoyezd va tez yurar poyezdlar chiptalari narxi 20 foizga oshiriladi

    Transport 5 Yanvar 2024 799

    Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda.

    Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda.

    Xususan, “Afrosiyob” elektropoyezdlari biletlari narxlari quyidagicha etib belgilanmoqda:

    Toshkent — Buxoro — Toshkent

    • VIP 636 000 soʻm;
    • Biznes 462 000 soʻm;
    • Ekonom 336 000 soʻm.

    Toshkent — Qarshi — Toshkent

    • VIP 534 000 soʻm;
    • Biznes 390 000 soʻm;
    • Ekonom 282 000 soʻm.

    Toshkent — Samarqand — Toshkent

    • VIP 396 000 soʻm;
    • Biznes 276 000 soʻm;
    • Ekonom 204 000 soʻm.

    Kompaniya xabariga koʻra, ushbu qaror Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temiryoʻl infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi — yoqilgʻi, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadida qabul qilingan.

    Shuningdek, yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temir yoʻl vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.