Mahalliy sanoat tarmoqlari katta mablagʻ sarflab, ishchilarini xorijda oʻqitishga yoki chetdan mutaxassis olib kelishga majbur boʻlmoqda

    Bugungi kunda butun dunyoda sanoatda tannarxni kamaytirish masalasi juda dolzarb. Xorijiy oliygohlarda “tannarx muhandisligi” (kost injiniring) degan fan bor, hatto kadrlar tayyorlanadi.

    Yoki, “qiyoslash muhandisligi” (benchmarking) orqali eng yaxshi amaliyot va yutuqlar tahlil qilinib, ulardan andoza olib, ishlab chiqarishda joriy qilish oʻrgatiladi. “Qayta muhandislik” (reversiv injiniring) tayyor mahsulotni olib, ishlash mexanizmini boʻlaklarga boʻlib, mualliflik huquqini buzmagan holda, oʻxshash mahsulot yaratishni oʻrgatadi.

    Prezident birorta texnika oliygohida bularga oʻqitish yoʻlga qoʻyilmaganini afsus bilan qayd etdi.

    Oqibatda mahalliy sanoat tarmoqlari katta mablagʻ sarflab, ishchilarini xorijda oʻqitishga yoki chetdan mutaxassis olib kelishga majbur.