“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir qator reyslar bekuor qilingani yoki ko'chirilganini ma'lum qildi. Unga ko'ra:
“Andijon — Samarqand — Andijon” yo'nalishi bo'yicha HY049/HY050 reyslari bekor qilindi.
“Buxoro — Namangan — Buxoro” yo'nalishi bo'yicha HY73/74 reyslari bekor qilingan.
HY091/HY092 “Toshkent — Andijon — Toshkent” reysi esa o'zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi, Andijon aeroportiga yetib kelish soat 14:00. Qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.
Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” HY9605 “Samarqand — Moskva”, HY639 “Samarqand — Sankt-Peterburg” yo'nalishidagi reyslar ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirdi.
“Flydubai” aviakompaniyasining “Samarqand — Dubay” yo'nalishi bo'yicha FZ770 reysi soat 19:00 ga ko'chirildi.
Kompaniya xabariga ko'ra, hozirda Samarqand aeroportida uchish-qo'nish yo'lagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/jo'natish bo'yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.